Yirik telekommunikatsiya uzilishi yuzaga keldi

17:36 25 Iyun 2019 Dunyo
666 0

Illyustrativ foto

Niderlandiyada soʻnggi yillardagi eng yirik telekom uzilishi kuzatilib, mamlakat boʻylab favqulodda holatlar xizmatlari raqamlari ishlamay qolgan, deb xabar berdi BBC.

Toʻrt soat davom etgan uzilish Royal KPN milliy telekom provayderidan boshlangan va uning tarmogʻiga ulangan boshqa provayderlar ham zarar koʻrgan.

KPN uzilishning aniq sabablari hali nomaʼlum boʻlsada, bu xakerlar ishi, deyishga asos yoʻqligini maʼlum qilgan.

Hukumat favqulodda xizmatlar bilan bogʻlana olmayotgan odamlarga biror holat yuz berganda toʻgʻri kasalxonalar, politsiya mahkamalari yoki oʻt oʻchirish stansiyalariga borishni tavsiya etgan. Uzilish vaqtida odamlarga yordam berish uchun mamlakat boʻylab qoʻshimcha politsiya kuchlari koʻchalarga chiqarilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?