Yil boshidan buyon Oʻzbekistonda YTH oqibatida 1 600dan ortiq odam halok boʻlgan

15:20 12 Oktyabr 2018 Jamiyat
706 0

2018 yilning oʻtgan 9 oyi davomida 6236ta yoʻl-transport hodisasi yuz berdi va unda 1 607 nafar inson halok boʻlib, 5 864 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 9 oy davomida birgina bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari 968 tani tashkil etgan.

Manba xabariga koʻra, ushbu raqamlarni 2017 yilning mos davri bilan taqqoslanadigan boʻlsa, bugunga kelib yoʻl-transport hodisalarining yuz berishi va unda jabr koʻrgan insonlar soni kamayishiga erishilgan.

“2018 yilning oʻtgan toʻqqiz oyi davomida yuz bergan hodisalarning aksariyati yoʻllarida haydovchilar tomonidan tezlikni oshirilishi, hushyorlikni yoʻqotilishi, shuningdek, piyodalarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmay, oʻz bilganicha tavsiya qilinmagan joylardan yoʻllarni kesib oʻtishi natijasida sodir boʻlgan“, deyiladi IIV xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?