Istiqbolli kinoijodkorlar Toshkent shahrida doimiy propiska qilinadi

12:21 26 Dekabr 2019 Madaniyat
529 0

Bugun poytaxtimizdagi “Zarafshon” konsert zalining myedia zalida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi va Oʻzbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida “Milliy kinematografiyani rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi va navbatdagi ustuvor vazifalar” boʻyicha kinoforum boʻlib oʻtmoqda.

Forum avvalida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov soʻzga chiqib, kirib kelayotgan 2020-yil – Yangi yil bayrami bilan barchani tabrikladi. Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida “Milliy kinematografiyani rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi va navbatdagi ustuvor vazifalar” boʻyicha bayonnoma imzolanganini, bu milliy kinoni rivojlantirish boʻyicha bir qator vazifalar belgilanganligini taʼkidladi va ushbu vazifalar bilan forum qatnashchilarini tanishtirdi.

Qayd etilishicha,

- “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Ilhaq”, “Ibrat” va “101-reys” filmlari va boshqa kino mahsulotlari uchun 17 mlrd. soʻm, yosh kino ijodkorlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida tegishli moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun – 600 mln. soʻm ajratilishi belgilangan.

- 2020-yilda rekonstruksiya uchun Investitsiya dasturiga “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” DUK, “Respublika kinoprokat markazi” DUK, “Doʻrmon” kinoijodkorlar uyi” DUK, “Qoraqalpoqfilm” DUK singari inshootlar kiritilgan.

- Investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarni rekonstruksiya uchun 20 mlrd . soʻm ajratilgan.

- Ikki yilda bir marotaba “Toshkent” xalqaro kinofestivali oʻtkaziladi.

- Oʻzbekiston kino sanʼati muzeyi faoliyati yanada rivojlantiriladi.

- Samarali faoliyat olib borayotgan va istiqbolli kinoijodkorlar Toshkent shahrida doimiy propiska qilinadi.

- Milliy filmlarni saqlash, xorij arxivlarida saqlanayotganlarini qaytarish, ularni restavratsiya qilish, raqamlashtirish faoliyati bilan shugʻullanadigan Oʻzbekiston davlat filmlar fondi tashkil etiladi.

- “Oʻzbekfilm” kino ishlab chiqarish turistik kompleksi” quriladi.

- “Oʻzbekfilm” DUK zamonaviy kino qurilmalari va texnik vositalari bilan jihozlanadi.

- Kinematografiya institutini tashkil etish rejalashtirilgan.

Forum davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?