Isroil Madrimovning professional boksdagi uchinchi raqibi aniq

16:21 29 May 2019 Sport
298 0

Professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimovning navbatdagi jang sanasi va raqibi aniq boʻldi. Unga koʻra, yurtdoshimiz oʻzining uchinchi jangini 8-iyun kuni Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida oʻtkazadi.

Ushbu boks kechasida Madrimovga meksikalik Norberto Gonsales raqiblik qiladigan boʻldi. Gonsales shu paytgacha 35-marta jang oʻtkazgan boʻlib, ularning 23 tasida gʻalaba qozongan (13 nokaut) va 12 bor magʻlubiyatga uchragan.

Shu kecha markaziy jang yarim oʻrta vaznning taniqli bokschilari qozogʻistonlik Gennadiy Golovkin va kanadalik Stiv Rolls oʻrtasida kechadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?