Ishtixonda bir oilaning besh aʼzosi oʻlimiga sababchi boʻlgan qotillar qoʻlga olindi

21:43 19 May 2019 Jamiyat
2715 0

IIV jamoatchilik va OAV boshqarmasi xabariga koʻra, 2019 yilning 15 may kuni Qoʻshrabot tumani IIB navbatchilik qismiga Qoʻshrabot tumani “Doʻstlik” mahallasida yashovchi 1984 y.t, fuqaro S.Z. qoʻngʻiroq qilib, Qoʻshrabot tumanidagi “Oltin-meros” fermer xoʻjaligi yer maydonida qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashina ichida bir nechta shaxslarning jasadlari tashlab ketilganligi haqida xabar qilgan.

Hodisa joyi koʻzdan kechirilgan vaqtda ushbu avtomashinada 1998 y.t, Ishtixon tumani “Chimqoʻrgʻon” MFY “Chimqoʻrgʻon” qishlogʻida yashovchi I.J.ga tegishli, oq rangli, 2019 yilda ishlab chiqarilgan “Damas” rusumli avtomashinasi boʻlib, uning ichida avtomashina egasi I.J hamda oila aʼzolari birga yashovchilar, otasi 1969 y.t, X.A, onasi 1974 y.t, X.Z, ukasi 2002 y.t, I.A hamda kenja ukasi 2003 y.t, I.O.larning murdalari Qoʻshrabot tumani “Boqichigʻatoy” mahallasi hududidan qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 15 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasiga koʻra, ushbu qotillik jinoyatini Ishtixon tumanida yashovchilar 1981 y.t. T.Gʻ, 1995 y.t. E.Sh, 1993 y.t. U.J va Qushrabot tumanida yashovchi 1996 y.t. N.X.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, daliliy ashyolar olingan va ushlanganlar.

Hozirgi kunda jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?