Isʼhoqxon Ibrat haqida badiiy film suratga olinmoqda. Tasvirga olish ishlari Misr va Hindistonda ham boʻlib oʻtadi

14:22 19 Avgust 2019 Jamiyat
78 0

“Isʼhoqxon Ibrat”... Taniqli rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Jahongir Qosimov tomonidan suratga olinayotgan “Isʼhoqxon Ibrat” badiiy filmi Turkiston xalqining iftixoriga aylangan buyuk zotning hayoti va faoliyatiga bagʻishlanadi.

“Oʻzbekkino” xabariga koʻra, unda Isʼhoqxon Ibratning mashaqqatlari, voqealarga boy hayot yoʻli tasvirlanishi koʻzda tutilgan. Hozirda postanovkachi rejissyor Jahongir Qosimov, rejissyor Ahmadjon Oʻnarboyev, postanovkachi operator Rustam Murodovlar tomonidan ushbu filmni suratga olish ishlari Qoʻqonda olib borilmoqda. Mazkur tarixiy badiiy filmning syomka jarayonlari Qoʻqon, Buxoro, Fargʻona, Misr, Hindistonda boʻlib oʻtadi. “Isʼhoqxon Ibrat” filmida Farxod Mahmudov, Iroda Qosimova, Matyoqub Matchonov, Mixail Kaminskiy, Joʻrabek Orziyev, Seydulla Moldaxanov, Italo Spinelli, Abduraim Abduvahobov, Tohir Saidov, Furqat Fayziyev, Bahrom Matchonov, Akbarxoʻja Rasulov, Shaxzoda Matchonova va boshqa xalqimiz sevgan koʻplab aktyorlarni uchratamiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?