Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida

10:05 23 Avgust 2019 Hujjatlar
208 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Respublikada iqtisodiyot barqaror oʻsishini taʼminlashga va aholining farovonlik darajasini oshirishga, yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan talab-ehtiyojni uzluksiz qanoatlantirishga qaratilgan neft-gaz, elektr energetika, koʻmir, kimyo, qurilish industriyasini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yoqilgʻi-energetika tarmogʻining mavjud quvvatlari energiya resurslariga ortib borayotgan talab-ehtiyojni toʻliq darajada taʼminlamayapti, mamlakatimiz iqtisodiyotining energiya sarfi hajmi rivojlangan mamlakatlarning oʻrtacha koʻrsatkichidan ancha yuqoridir.

Hozirgi vaqtda asosan gidroelektrostansiyalar ishlab chiqarayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmining atigi oʻn foizi toʻgʻri kelmoqda. Nihoyatda katta salohiyat mavjud boʻlishiga qaramasdan, quyosh va shamol singari qayta tiklanuvchi energiya manbalarining imkoniyatlaridan toʻliq darajada foydalanilmayapti.

Shu munosabat bilan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolishi lozim.

Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olib, mavjud resurslarni va ishga solinmagan salohiyatni jalb etish orqali energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya sarfi hajmini keskin kamaytirish borasidagi ishlarni kompleks tashkil etish, shuningdek, yoqilgʻi-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunidaqayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi imtiyoz va preferensiyalar, shu jumladan, quyidagilar:

qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilardavlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini toʻlashdan;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga mol-mulk soligʻinihamda ushbu qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻini toʻlashdan;

ishlab turgan energetika resurslari tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan yashash uchun moʻljallangan joylarda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga yer soligʻini toʻlashdan ozod etilishi nazarda tutilgan;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3379-son qarori bilan oʻrnatilgan tartibga muvofiq 2018-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat organlari va muassasalarining bino va inshootlari, shuningdek, koʻp kvartirali uy-joy fondini loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish, qurish va foydalanishga topshirishda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi;

yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari, barcha bino va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda, issiq suv taʼminoti uchun sertifikatlangan quyosh suv isitkich qurilmalarini, shuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda oʻrnatish koʻzda tutiladi.

2. Energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha vazirlik va idoralarning, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy soha korxonalari va tashkilotlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin.

3. Maʼmuriy binolarda, aholi punktlarida va ishlab chiqarish obyektlarida energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi yuzasidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining birinchi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimlari shaxsan javobgar ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda – Kompleks dastur) maʼqullansin:

a) quyidagilarni:

qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirishning maqsadli parametrlarini 1-ilovaga muvofiq tasdiqlash, ularning ulushini 2030-yilga borib elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmining 25 foizidan koʻprogʻiga yetkazish;

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini yanada oshirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlash;

b) mintaqalarda ijtimoiy soha obyektlarini (taʼlim muassasalari, shu jumladan, maktabgacha taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash obyektlarini) energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek:

issiq suv va elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun zamonaviy quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitkichlarini (markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti tizimlariga ulangan obyektlar bundan mustasno), shuningdek, energiya samarador, shu jumladan, bivalent isitish tizimlarini bosqichma-bosqich oʻrnatish, xususan, zamonaviy issiqlik nasoslari va rekuperatorlarini joriy etish;

binolarning issiqlik himoya tizimini yaxshilash, ikki kamerali va energiya samarador deraza bloklarini, svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, shuningdek, havo rekuperatorlari va boshqa tizimlarni oʻrnatish hisobiga Nukus shahrida, viloyat markazlarida va viloyatlarning shaharlarida energiya isteʼmolini kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

v) xususiy xonadonlarda quyosh fotoelektrik stansiyalari (oʻrtacha 2 kVt) va quyosh suv isitkichlarini(oʻrtacha 200 litr) oʻrnatish;

g) maishiy isteʼmolchilarning, shuningdek, yuridik shaxslarning nostandart gaz-gorelkali qurilmalarini zamonaviy va energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarga almashtirish;

d) Quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish qurilmalari bilan jihozlash tavsiya etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining maʼmuriy binolari va infratuzilma obyektlari roʻyxatini 3-ilovaga muvofiq tasdiqlash.

5. Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning oʻzlariga tegishli mablagʻlari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit resurslari, xorijiy donorlarning texnik koʻmagi mablagʻlari (grantlari) Kompleks dasturning chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Kompleks dasturni amalga oshirishga kredit resurslarini va texnik koʻmak mablagʻlari (grantlarni) jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va xorijiy donorlar bilan muzokaralar olib borsin.

6. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2020-yil 1-yanvardan quyidagi tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasidamoliyalashtiriladi:

a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:

quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million soʻmdan;

quyosh suv isitkichlar uchun – 1,5 million soʻmdan;

gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming soʻmdanoshmaydigan miqdorda kompensatsiyalar taqdim etish;

b) jismoniy va yuridik shaxslarga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga quyidagi kompensatsiyalarni taqdim etish:

jismoniy shaxslarga – 500 million soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;

yuridik shaxslarga – 5 milliard soʻmdan oshmaydigan kreditlar boʻyicha – Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foizli punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda;

v) energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar va uskunalarga, shuningdek, ularni sinash metodlariga nisbatan talablarni oʻrnatadigan xalqaro standartlarni ishlab chiqish va qabul qilish.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Energetika vazirligi ikki oy muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish mexanizmini belgilasin.

7. Belgilansinki, har yili:

15-sentyabrga qadar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar kelgusi yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador va energiya tejovchi boshqa uskunalar bilan jihozlanishi, shuningdek, issiqlik himoyasini yaxshilash boʻyicha ishlarni amalga oshirish lozim boʻlgan obyektlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda – Roʻyxat)gakiritish uchun Energetika vazirligiga takliflar kiritadi;

1-oktyabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha, shuningdek, tuman va shaharlar kesimida moliyalashtirishning aniq hajmlari va manbalarini koʻrsatgan holda Roʻyxatni shakllantiradi;

15-oktyabrga qadar Energiya samaradorligini va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi Roʻyxatni koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;

Roʻyxatda nazarda tutilgan moliyaviy mablagʻlarning hajmi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining har yili tasdiqlanadigan Davlat byudjeti parametrlariga kiritiladi.

8. Belgilansinki, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

a) yakka tartibdagi uy-joy qurilishidan tashqari barcha binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurishda:

qurilish normalari va qoidalariga muvofiq binolarning energiya samaradorligini taʼminlash;

loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishda qurilish normalari va qoidalarining talablarini inobatga olgan holda binolar va inshootlar energiya samaradorligi koʻrsatkichlari boʻlimini taqdim etish majburiy tartibda nazarda tutiladi;

b) davlat organlari va tashkilotlari oʻz balansidagi binolar va inshootlarda yoritish tizimlari uchun svetodiodli manbalarni oʻz ichiga olgan sensorli datchiklar, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni oʻrnatishga majburdir; 

v) mahsulot (uskunalar, tovarlar) va texnologiyalarningenergiya samaradorligi darajasi yoki texnik koʻrsatkichlarini belgilash ularni Oʻzbekiston Respublikasining akkreditatsiya qilingan organlari tomonidan sertifikatlashtirishda majburiy hisoblanadi.

Qurilish vazirligi Energetika vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar:

yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan bino hamda inshootlarning energiya samaradorligiga nisbatan talablarni tubdan oshirish maqsadida shaharsozlik normalari va qoidalarini qayta koʻrib chiqsin;

bino va inshootlarning energiya samaradorligi darajasini (A, B, V va boshqa darajalar) belgilash boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

9. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 6-ilovadagi roʻyxat boʻyicha mamlakatimiz korxonalarida energetika menejmentini boshqarish tizimini xalqaro standartga (ISO 50001) muvofiq 2019-yil 1-dekabrdan 2023-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich tatbiq etish toʻgʻrisidagitaklifiga rozilik berilsin, mazkur tizimda quyidagilar nazarda tutiladi:

energiya isteʼmoli samaradorligini baholashning shaffofligi va xolisligi, korxonalarning energiya sarfi hajmini pasaytirish, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan chiqindilarni kamaytirish;

resurslarni, birinchi navbatda moliyaviy mablagʻlarni minimal darajada sarflab energiya isteʼmolini boshqarish samaradorligiga erishish, korxonalar aktivlarining kapitallashuv darajasini oshirish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

bir oy muddatda energiya samarador, energiya tejovchi texnologiya va uskunalarga nisbatan talablarni oʻrnatuvchi standartlashtirish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsin;

ikki oy muddatda 2019-2020-yillar energiya samarador, energiya tejovchi texnologiyalar, uskunalar va ularni sinash metodlariga nisbatan talablar oʻrnatuvchi zarur xalqaro standartlarni qabul qilish tarmoq grafigini tasdiqlasin;

ikki oy muddatda 2020-yil 1-avgustga qadar energiya sarflovchi uskunalarni energiya samarador va energiyani tejash koʻrsatkichlariga muvofiqligini sinovdan oʻtkazuvchi zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

11. 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlansin.

Belgilansinki, hududiy elektr tarmoqlari korxonalari uchun elektr texnika uskunalari va qurilmalarini, shuningdek, butlovchi buyumlar va materiallarni xarid qilish “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

12. Quyidagilar:

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasining (keyingi oʻrinlarda – Respublikasi komissiyasi) yangilangan tarkibi 5-ilovaga muvofiq;

energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasi (A.N.Aripov):

2019-yil 15-oktyabrga qadar energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika manbalarini tejash koʻrsatkichlarini aniqlash metodikasini tasdiqlasin;

2019-yil 20-oktyabrga qadar kelgusida energiya samaradorligini baholash va yoqilgʻi-energetika manbalarini tejash maqsadida energiya sarfi hajmi katta boʻlgan korxonalar kesimida iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxatini shakllantirsin;

2019-yil 20-dekabrga qadar 2020-2022-yillarda kamida 2,4 milliard kVt/soat elektr energiyasi, 2,4 milliard metr kub tabiiy gaz va 20 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha energiya samaradorligini oshirish va yoqilgʻi-energetika manbalarini tejash maqsadli koʻrsatkichlarini tasdiqlasin;

zarur hollarda Kompleks dastur parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin;

mazkur qarorda belgilangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni samarali tashkil etsin va muvofiqlashtirsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

13. Belgilansinki:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni taʼminlash, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar barcha toifadagi isteʼmolchilarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;

Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagiloyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish,shuningdek, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;

Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha xalqaro agentlikda (IRENA) Oʻzbekiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi;

b) qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari va dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilishi shart.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:

iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilgʻor texnologiyalar faol joriy etilishini ragʻbatlantirish;

energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va oʻtkazish orqali investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

davlat organlari va tashkilotlarida, iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;

xalqaro tajribani hisobga olib va zarur boʻlganda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda energetika auditi sohasidagi mutaxassislar va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglarni tashkillashtirish;

energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari majburiy energetik tekshiruvdan oʻtkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish;

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxslarga nisbatan yoqilgʻi-energetika resurslaridan samarasiz foydalanganlik uchun iqtisodiy jazo choralarini qoʻllash.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirliginingmarkaziy apparati tuzilmasida Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorlik va energiya tejamkorlik boʻyicha departament tashkil qilinsin.

Tashkil etilayotgan boʻlinmani toʻldirish maqsadida Energetika vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 10 nafar boshqaruv xodimlaridan iborat qoʻshimcha shtat birliklari quyidagilar hisobidan ajratilsin:

2 ta birlik – Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Oʻzneftgazinspeksiya) hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga;

3 ta birlik – Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Oʻzenergoinspeksiya) hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga;

5 ta birlik – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining tegishli shtat sonini qisqartirish hisobiga.

16. Energetika vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Oʻzenergoinspeksiya va Oʻzneftgazinspeksiyaning taqdimnomalarini bajarmaganlik, shuningdek, majburiy energetik tekshiruvlar va ekspertizalar oʻtkazmaganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

17. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va tarmoq korxonalari bilan birgalikda 2020-yilning oxiriga qadar reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar (kondensator batareyalari), rele himoyasi mikroprotsessor bloklari, chastotali oʻzgartirgichlar, bir tekis ishga tushirish qurilmalari hamda energiya tejovchi boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish choralarini koʻrsin.

18. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bir hafta muddatda quyosh suv isitkichlari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar hamda energiya tejovchi boshqa turdagi uskunalarning afzalliklarini, shu jumladan, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, uskunalarning qiymati va isteʼmolchilarning mablagʻlari tejalishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aholi oʻrtasida keng yoritish boʻyicha media-rejani tasdiqlasin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

20. Energetika vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Bosh vazir oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gʻulomov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2019-yil 22-avgust

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?