Iqtisodiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi

15:35 08 Oktyabr 2018 Dunyo
759 0
Foto: RFE/RL Current Time

Amerikalik Uilyam Nordxaus va Pol Romer joriy yilda iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq deb topildi.

77 yoshli Nordxaus iqlim oʻzgarishlarini uzoq muddatli makroiqtisodiy tahlilga integratsiyalashtirgani, 62 yoshli Romer esa texnologik innovatsiyalar integratsiyasi uchun ana shunday yuksak sovringa sazovor boʻldi.

Yel universitetini bitirgan Nordxaus 1967 yildan buyon mazkur oliy oʻquv yurtida ishlab kelyapti. Amerika iqtisodiy uyushmasining faxriy aʼzosi hisoblanadi.

Romer 2016-2018 yillarda Jahon banki bosh iqtisodchisi boʻlgan. Ayni paytda Nyu-York universiteti biznes maktabining iqtisodiyot fani professoridir.

Nobel mukofotini joriy yilgi tantanali topshirish marosimi 10 dekabr kuni Stokgolm shahrida tashkil etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?