Investitsiya kiritishda qaysi sohada muammolar koʻpligi aniqlandi

Davlat aktivlarini boshqarish Agentligi faoliyatining ustivor vazifalaridan biri tadbirkor va investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ular ehtiyojlari uchun respublika hududida boʻsh turgan davlat aktivlarini shaffof va teng raqobat muxitida sotishdir.
Bugungi kunda 1 383 ta investor tomonidan davlat aktivlariga 2,8 trln. soʻm va 669,5 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritilishi va natijada hududlarda 42 mingga yaqin yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. Agentlik tomonidan ushbu investitsiya majburiyatlari bajarilishining doimiy monitoringi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tadbirkorlarni qiynayotgan, oʻylantirayotgan masalalar, yuzaga kelayotgan muammolar tizimli ravishda oʻrganilmoqda va ularni xal etish choralari koʻrilyapti.
Jumladan, hududiy boshqarmalar tomonidan davlat aktivlarini investitsiya kiritish sharti bilan sotib olgan 1 322 ta investorning holati oʻrganildi. Natijalarga koʻra, ularning 63 tasida oʻz yechimini kutayotgan masalalar borligi aniqlangan. Birgina misol Toshkent viloyatidagi 211 ta tadbirkorning 18 tasida, Andijon viloyatidagi 180 ta investorning 5 tasida, Qashqadaryo viloyatidagi 99 ta tadbirkorlik subyektining 8 tasida muammosi bor. Ularning aksariyati shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlat organi va mahalliy hokimiyatlar vakillariga taʼluqlidir.
Aniqlangan muammolardan 53 tasi Agentlik xodimlarining tezkor sayʼi harakatlari bilan hal etilgan va qolgan 10 tasini yechish boʻyicha tegishli choralar koʻrilyapti.
Shu oʻrinda eslatib oʻtamizki, investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan davlat aktivlarini sotib olgan sarmoyadorlar Agentlik vakolatiga doir muammolar yoki amaldagi qonunchilik normalari boʻyicha Agentlikning Investitsiya majburiyatlarini bajarilishi monitoringi boshqarmasi xodimlariga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.
Davlat aktivlarini boshqarish
agentligi Axborot xizmati
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: