Inom Majidov talabalarga qanday vaʼda berdi?

23:16 16 Mart 2019 Jamiyat
445 0

Foto: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan olindi.

15 mart kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari bilan onlayn muloqot oʻtkazdi. Bu haqda vazirlikning “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy kanalida xabar berildi.

Muloqotda joylardagi studiyalardan turib barcha oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan nogironligi boʻlgan, yetimlik hamda chin yetimlikda oʻsgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iqtidorli va tashabbuskor talabalar qatnashdi.

Uchrashuvda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularni ilm-fanga jalb etish, intellektual salohiyatini namoyon qilishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari haqida suhbatlashildi.

Ikki soatdan koʻproq vaqt davom etgan muloqotda vazir talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, oʻquv jarayonini samarali tashkil etish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqish shartlari hamda stipendiya, imkoniyati cheklangan va nogironligi bor talabalarning oʻqishi, turarjoy va maxsus adabiyotlar bilan taʼminlanishi, xorijda taʼlim olish hamda boshqa mavzularda qiziqarli muloqot boʻlib oʻtdi.

Onlayn muloqotda yoshlar oldidan chiqadigan toʻsiqlarni aylanib oʻtishga emas, balki ularni yengib oʻtishga odatlanishlari kerakligi, hozirgi paytda talabalar uchun imtiyozlar koʻpligi, kelgusida ularning soni oshirilishi, biroq imtiyozlarga tayanib qolish kelajakda mehnat bozorida oʻz oʻrnini topishga toʻsqinlik qilishi mumkinligi taʼkidlandi.

Suhbat yakunida talabalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar toʻliq koʻrib chiqilishi bildirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?