Ikkinchi marta prezidentlikka saylandi

10:17 23 May 2019 Dunyo
419 0

Indoneziyada prezident Joko Vidodo ikkinchi marta ushbu lavozimga saylandi. Biroq saylov natijasidan raqib taraf — Prabovo Subianto jamoasi norozi, deya xabar beradi The Guardian. Ular jarayonda turli noqonuniy holatlar yuz berganini aytishmoqda. Ammo mustaqil kuzatuvchilarning fikriga qaraganda, hammasi adolat prinsiplariga amal qilgan holda oʻtgan.

Joko Vidodo 55,5 foiz ovoz bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritgan boʻlsa, boshqa nomzod, nafaqadagi general Subianto 44,5 foiz saylovchi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.

Rasmiy natijalar Saylov komissiyasi (KPU) tomonidan eʼlon qilingan boʻlsa-da, Prabovoning saylovdagi adolatsizliklar haqidagi daʼvolaridan keyin aholi oʻrtasida bir qancha noroziliklar yuzaga keldi.

Indoneziya Saylov agentligi esa mazkur holatni oʻrganib, Prabovoning iddaosini tasdiqlaydigan faktlar yoʻqligi sababli, mustaqil kuzatuvchilar va tahlilchilarning fikriga asoslanib, saylovning adolatli oʻtganini eʼtirof qildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?