Ikki jinoiy guruh bir korxonani talon toroj qildi

15:04 18 May 2020 Jamiyat
89 0

Surxondaryo. 2020-yilning aprel oylarida noʼmalum shaxslar Sariosiyo tumani Sharofobod mahallasi hududida joylashgan Xitoy Xalq Respublikasining kompaniyasiga qarashli tashkilot omborxonasidan 75 dona oʻramda boʻlgan konda ishlatiladigan maxsus “setka” va 85 dona armaturani yashirin ravishda talon-toroj qilib, kompaniyaga jami boʻlib 142.905.000 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni Sariosiyo tumani Sharofobad mahallasida yashovchi 7 nafar fuqarolar turli vaqtda sodir etganligi aniqlanib, ulardan 36 dona setkalar va 85 dona armaturalar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 3 nafar fuqaroga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan oʻgʻirlik) bilan, 4 nafar fuqaroga nisbatan esa JKning 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (ancha miqdorda bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIB huzuridagi Tergov departamenti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?