Ikki qavatli samolyot ishlab chiqarilishi toʻxtatiladi

18:37 14 Fevral 2019 Dunyo
606 0

Illyustrativ foto

“Dunyodagi eng koʻp yoʻlovchi sigʻdira oladigan A380 samolyotini ishlab chiqarish toʻxtatiladi. Sababi, bunday rusumdagi laynerga pichoqqa ilinadigan buyurtmalar berilmayapti”, deya maʼlum qildi kompaniya matbuot xizmati.

Ushbu modelning asosiy xaridori hisoblangan Emirates bunday laynerlarga buyurtmalar sonini qisqartirish va buning oʻrniga kichik hajmdagi, masalan, A330neo hamda A350 rusumlarini sotib olishga qaror qilgan. Boshqa kompaniyalar ham A380 samolyotini xarid etmoqchi emas. Xullas, bugungi kunda dunyoda ulkan va qimmat samolyotlardan voz kechish tendensiyasi kuzatilyapti.

Ikki qavatli A380 dunyodagi eng koʻp oʻrinli samolyot boʻlib, uchinchi klassdagisining saloni 525, birinchi klassdagisi 853 yoʻlovchi sigʻimiga ega. Samolyot 15,4 ming kilometr qoʻshimcha yoqilgʻisiz ucha oladi. Mazkur turdagi samolyotlardan 2007 yildan eʼtiboran foydalanila boshlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?