IIBB xodimi xizmat mashinasida piyodani bosib ketdi

03:34 09 Aprel 2019 Jamiyat
1980 0

Illyustrativ foto

6 aprel kuni soat 19.30 lar atrofida shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimi “Lasetti” rusumidagi xizmat mashinasida Chilonzor tumanining Muqimiy koʻchasida piyodani bosib ketgan. Bu haqda shahar IIBB rasmiy sayti xabar berdi.

Piyoda (ayol kishi) olingan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan esa haydovchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Toshkent shahar IIBB marhumaning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?