Ichak saratoni xavfini kamaytiruvchi mahsulot qaysi?

11:43 26 Iyul 2019 Lifestyle
534 0

Haftasiga uch porsiya baliq yeyilsa, ichak saratoni rivojlanishi xavfi kamayar ekan. Saratonni oʻrganish xalqaro agentligi mutaxassislari ana shunday xulosaga keldi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, mazkur tadqiqot 15 yil davomida olib borildi va unda Yevropada yashovchi 476 ming kishi ishtirok etdi. Baliq isteʼmol qiladigan respondentlarda xavfli oʻsimta 12 foiz kam uchrashi maʼlum boʻldi. Bu borada yevropaliklar yogʻli yoki parhez baliq goʻshti tanovul qilganmi, buning farqi yoʻqligi ham aniqlangan. Biroq mollyuskalar isteʼmoli hech qanday natija bermagan.

Yakunda baliqlar tarkibidagi shamollashga qarshi yogʻ kislotalarining mavjudligi ana shunday samara beradi degan taxminga kelindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?