Hindistonda 32 yoshli Oʻzbekistonlik ayol hujum va zoʻrlashga uchradi

10:22 16 Avgust 2019 Jamiyat
285 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekistonning Hindistondagi Elchixonasi Konsullik boʻlimi Dehli shahrida 32 yoshli mamlakatimiz fuqarosi hujum va zoʻrlashga uchragani toʻgʻrisida OAVda tarqatilgan maʼlumotni tasdiqladi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Elchixona vaziyatni nazoratga oldi va Hindiston poytaxti politsiya vakillari bilan aloqa oʻrnatdi. Maʼlum qilinishicha, uch gumonlanuvchi hibsga olingan va tergov ishlari olib borilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi Oʻzbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?