Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi vaziyat SHHT kun tartibiga qanday taʼsir oʻtkazmoqda?

18:22 04 Mart 2019 Dunyo
727 0

Arxiv foto

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi bugungi vaziyat Shanxay hamkorlik tashkiloti kun tartibiga ham taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi. Jumladan, qator tadbirlar koʻchirildi. Bu haqda RIA Novosti Qozogʻiston TIV matbuot kotibi boshligʻi Aybek Smadiyarov maʼlumotiga asoslanib xabar berdi.

“Hindiston-Pokiston munosabatlaridagi oxirgi voqealar rivoji SHHT kun tartibida ham oʻz aksini topmasdan qolmadi. Masalan, Hindiston tomoni 2019 yil 16 fevral kuni SHHT liniyasi boʻyicha Hindistonda oʻtkazilishi oldindan rejalashtirilgan qator tadbirlarni favqulodda koʻchirish boʻyicha qaror qabul qildi”, - dedi Smadiyarov.

Uning qayd etishicha, SHHT faoliyatini tartibga soluvchi ustav hujjatlarda unga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi ikki tomonlama muammolar, mojarolar Shanxay hamkorlik tashkiloti yigʻilishlari kun tartibi va ish tartibiga muhokama qilish uchun kiritilmaydi.

Maʼlumki, shu yil 14 fevral kuni Hindistonning shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida harbiylashtirilgan politsiya kolonnasida hudkush oʻzini portlatib yuborgandi. Buning oqibatida 45 kishi halok boʻlgandi. Ushbu hujum uchun javobgarlikni “Jayish-yo-Muhammad” guruhi oʻz boʻyniga oldi. Nyu-Delining maʼlumotiga koʻra, uning boshligʻi Masʼud Azhar Pokistonda.

Ushbu hodisadan soʻng Hindiston va Pokiston munosabatlarida ziddiyat paydo boʻlgandi.

Hindiston Pokistonni terrorchilik tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlayotganlikda ayblab chiqdi. Islomobod esa bu ayblovni rad qilib, Nyu-Deliga roʻy bergan voqea boʻyicha birgalikda surishtiruv olib borishni taklif etdi.

Hindiston harbiy havo kuchlari tomonidan Pokiston hududiga hujum qilinishi, bunga javoban pokistonliklar hind samolyotlarini urib tushirgani vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?