Har bir tumanda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

13:33 08 May 2020 Jamiyat
281 0

“Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish boʻyicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish ustuvor yoʻnalishlardan biridir.

Qarorga koʻra, har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib oʻqitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va oʻquvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib oʻqitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika taʼlim yoʻnalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?