Halokatga uchragan yoʻlovchi kemasining aksariyat qurbonlari bolalardir

18:12 22 Mart 2019 Dunyo
440 0

Фото: Газета.Ру

Iroqning Tigr daryosida yoʻlovchi paromining halokatga uchrashi oqibatida 93 kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali xabar berdi.

“Al Sumaria” telekanali maʼlumotlariga koʻra, ushbu fojiaga aloqadorlikda gumon qilingan toʻqqiz kishi ushlangan. Mamlakat bosh vaziri Odil Abdul Mahdi falokat boʻyicha tezkor surishtiruv oʻtkazishga buyruq bergan. Dastlabki taxminlarga koʻra, kemaning choʻkib ketishiga unga ruxsat etilganidan uch barobar koʻp yuk ortilgani sababdir.

Arab telekanallarining xabar qilishicha, kema bortida 170 nafardan 250 nafargacha inson boʻlgan. Parom esa 75 kishiga moʻljallangan. Qurbonlar sonining koʻpligi suv transporti bortida yoʻlovchilarning aksariyati bolalar ekanligi bilan bogʻliq. Ular suzishni bilishmagan.

Hodisani kuchli oqim keltirib chiqargan boʻlishi mumkinligi ham aytilyapti.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?