Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohnomaga almashtirish muddati uzaytirildi

17:59 25 May 2020 Jamiyat
1576 0

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomaga majburiy almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi (ilgari 2020-yil 31-dekabr edi).

Shuningdek, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar 2022-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi (ilgari 2021-yil 1-yanvar edi).

Bundan tashqari, avtomototransport vositasini 12 oy mobaynida boshqarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar qatoriga transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi ham qoʻshildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?