Hadislarda virus haqida soʻz bormi?

07:57 26 Mart 2020 Jamiyat
398 0

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam virus haqida nima deganlar?

Ushbu holatda ham namozni jamoat bilan ado etish kerakmi?

Hozirgi kunda keng tarqalayotgan koronavirus (SOVID-19) hukumatlarni va axborot agentliklarini butun dunyo aholisiga foydali boʻlgan eng aniq maʼlumotlar va kerakli koʻrsatmalar berishni talab qilmoqda. Chunki virus butun dunyo boʻylab tarqalib ketdi. Shuningdek shifokorlar, epidemiya va pandemiya soha mutaxasislariga talab oshmoqda.

Immunolog doktor Entoni Fossi va tibbiyot muxbiri doktor Sanjay Gupta kabi mutaxassislar kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena va karantin qoidalariga rioya qilish, odamlardan ajralib olib uyda oʻtirish (SOVID-19) ga qarshi eng samarali vosita deb aytishmoqda.

Epidemiya vaqtida shaxsiy gigiyenaga rioya qilishni va karantin qoidalariga amal qilishni kim tavsiya qilganini bilasizmi?

Muhammad sollallohu alayhi vasallam, bundan 1400-yil avval.

U zot sollallohu alayhi vasallam halokatga olib boradigan kasalliklarning mutaxassisi emasdilar. Shunday boʻlsa-da hozirgi zamonda keng tarqalayotgan koronavirus kabi kasalliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha maʼlumotlarga ega edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday yuqumli kasalliklar haqida: “Agar sizlar u (kasallik) biror yerda tarqaganini eshitsangiz u yerga bormang. Agar siz yashayotgan yerda (u kasallik) tarqagan boʻlsa u yerdan chiqmang”, deganlar.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kasal odam sogʻlom odamning oldiga bormasin”, deganlar.

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni kasallikdan himoya qiladigan tozalik qoidalariga amal qilishga daʼvat qilardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislariga eʼtibor bering: “Poklik iymondandir”.

“Taomning barakasi undan oldin (ikki qoʻlni) yuvishdir va undan keyin (ikki qoʻlni) yuvishdir”.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam ogʻriqdan ozor chekayotgan odamlarga nima qilishga buyurganlar?

U zot sollallohu alayhi vasallam odamlarni tibbiyot bilan davolanishga chaqirib: “Ey Allohni bandalari, davolaninglar. Albatta Alloh taolo oʻlimdan boshqa dardga shifo beradi”, deb marhamat qilganlar.

Muhimi shundaki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mantiq va aqida oʻrtasidagi muvozanatni idrok etganlar. Oxirgi kunlarda baʼzi odamlar karantin va oʻz oʻzini himoya qilish uchun uyda oʻtirishdan jamoat bilan namoz oʻqishni afzal deyishmoqda.

Toʻgʻri, namoz oʻqish Robbimizning bandalariga buyurgan buyrugʻidir. Lekin ushbu holatda namozni uyda ado etgan maʼqul. Kasallikdan tuzalish uchun uning sabablariga amal qilish kerak.

Quyidagi qissani tafakkur qilib koʻring: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tuyasini bogʻlamasdan tark qilgan bir sahroyi kishini koʻrdilar. Sahroidan tuyani bogʻlab qoʻymaganining sababini soʻradilar. Badaviy Allohga tavakkal qilganini aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uni bogʻlab qoʻy, keyin tavakkal qil dedilar”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga din ishlarida maslahat qilishni buyurdilar. Lekin barcha odamlar yaxshi hayot kechirishlari uchun turli xil kasalliklardan himoyalanish, buning uchun maʼlum qoidalarga amal qilish lozim ekanini buyurdilar.

Boshqacha qilib aytganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga aql bilan ish tutishlarini tavsiya qildilar.

Hazrati Umar roziyallohu anhu Shomga borganlarida u yerda vabo tarqalganini eshitib orqaga qaytishga qaror qildilar.

Shunda Abu Ubayda roziyallohu anhu:

“Allohning qadaridan qochibmi?” dedi.

Hazrati Umar roziyallohu anhu unga:

“Shuni sendan boshqa aytsa boʻlmasmidi? Ha, Allohning qadaridan, Allohning qadariga qochamiz. Aytgin-chi, agar sening tuyalaring boʻlsa-yu ular ikki boʻlingan bir vodiyga tushsalar. Boʻlaklarning biri serhosil boʻlsa-yu boshqasi quruq boʻlsa, hosildorida boqsang ham Allohning qadari ila boqasan, qurugʻida boqsang ham Allohning qadari ila boqasan. Shunday emasmi?” dedilar.

Manba: azon.uz


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?