Habib Nurmagomedov eng kuchli MMA jangchilari reytingida nechanchi oʻrinni egalladi?

22:21 01 Iyun 2020 Dunyo
218 0

CBS talqiniga koʻra mazkur sport turining eng kuchli vakillari roʻyxati tuzildi. Amerikalik Jon Jons eng yaxshi jangchi deb eʼtirof etilgan. Ikkinchi oʻrinni braziliyalik Anderson Silva egallagan boʻlsa, uchinchi oʻrin kanadalik Jorj Sen-Pyerga nasib etdi.

Shuningdek, reytingda ikkita rossiyalik ham bor: 43 yoshli Fedor Emelianenko 4-oʻrinni, 31 yoshli Nurmagomedov esa 6-oʻrinni egalladi.

CBS maʼlumotlariga koʻra, aralash jang sanʼatlari tarixidagi eng kuchli jangchilar reytingi:

1. Jon Jons

2. Anderson Silva

3. Jorj Sen-Pyer

4. Fedor Emelianenko

5. Demetriy Jonson

6. Habib Nurmagomedov

7. Joze Aldo

8. Deniyel Kormye

9. Konor MakGregor

10. Mett Xyuz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?