Goʻsht va boshqa mahsulotlar. Bozorlarda narx-navo qanday?

12:01 26 Sentyabr 2019 Iqtisodiyot
509 0

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2019-yil 24-sentyabr kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari maʼlum boʻldi.

Mol goʻshti (lahm goʻshtidan tashqari) 32 000 soʻmdan 55 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (32 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (55 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 35 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da (35 000) soʻmdan roʻyxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (60 000) soʻmdan kuzatildi.

Kartoshka 1 200 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (1 200 soʻmdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 1 000 soʻmdan 3 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxlari Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”da (1 000) soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Namangan shahrining “Namangan Chorsu dehqon universal bozori”, Urganch shahri “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (3 000 soʻm).

Sabzi 1 500 soʻmdan 5 500 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Fargʻona shahri “Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 500) soʻmdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (5 500) soʻmdan kuzatildi.

Tuxum 5 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).

Guruch 5 700 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan, minimal narx Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 700 soʻmdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 500 soʻmdan 13 500 soʻmgacha (1 l.)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (8 500) soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (13 500) soʻmdan kuzatildi.

Shakar 5 000 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da (5 000) soʻmdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (6 500) soʻmdan kuzatildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?