GM Uzbekistan avtomobili kechikkani uchun buxorolik fuqaroga qoʻshimcha 11 mln soʻm undirib berildi

16:43 17 Aprel 2019 Jamiyat
3544 0

Buxoro tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Vobkent tuman Kulolchi koʻchasi 65-uyda yashovchi fuqaro Navroʻzov Saʼdullo murojaat qildi. Bu haqda jamiyat ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Unga koʻra, fuqaro oʻz murojaatida “Sitora-avto savdo” MCHJ bilan “Nexia-3” AV-CS16 rusumli avtomashina sotib olish uchun belgilangan toʻlovni amalga oshirib, shartnoma qilgan. Shartnomaga asosan, 2019 yil 1 yanvarga qadar avtomashina fuqaroga yetkazib berilishi belgilab qoʻyilgan. Agar oʻz vaqtida yetkazib berilmasa, korxona tomonidan har bir kechiktirilgan kun uchun 0,4% miqdorida penya toʻlanishi shartnomada belgilab qoʻyilgan. Ammo isteʼmolchiga shartnomada koʻrsatilgan muddatda avtomashina berilmagan.

Murojaat viloyat jamiyatlari mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, natijasida fuqaroga “Nexia-3” AV-CS16 avtomashinasi olib berildi, shuningdek isteʼmolchining arizasiga binoan, kechiktirilgan muddat boʻyicha penya hisoblanib, korxona tomonidan fuqaroga 10.910.418 (oʻn million toʻqqiz yuz oʻn ming toʻrt yuz oʻn sakkiz) soʻm penya puli toʻlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?