Gazeta muqovasi Covid-19 qurbonlari xotirasiga bagʻishlandi

13:58 24 May 2020 Dunyo
278 0

AQSHning The New York Times gazetasi oxirgi sonlaridan birining 1-betida koronavirusdan vafot etgan ming nafar amerikalikning ismi-shariflari berildi.

AQSHda tojdor virusdan vafot etganlar soni 100 mingga yaqinlashib qoldi. “Ming kishi — bu vafot etganlarning bor-yoʻgʻi 1 foizi“ deb yoziladi nashr muqovasida. Oxirgi 40 yil ichida ushbu gazetada birinchi marta birinchi bet rasmsiz chiqdi.

Jons Xopkins maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda bemorlar soni 1,6 mln. kishidan oshib ketgan, 97 mingdan ziyod inson hayotdan koʻz yumgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?