Gʻalaba bogʻi va Shon-sharaf muzeyi — xalqimizning oʻchmas jasorati haqida soʻylaydi(Fotoreportaj)

20:26 09 May 2020 Jamiyat
4481 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Oʻtgan yili Prezidentimiz tomonidan ulkan bogʻ barpo etib, xalqimiz qahramonligini abadiylashtirish tashabbusi ilgari surilgan edi.

Shundan soʻng, ilmiy-ijodiy jamoatchilikning takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida badiiy-meʼmoriy konsepsiya ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari bu boradagi loyihalar bilan bir necha bor tanishdi. Toshkent shahrining Olmazor tumanida 12 gektardan ziyod joy ajratilib, ulkan qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Natijada bunyod etilgan Gʻalaba bogʻi Oʻzbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan ulkan hissasini, jasoratini bor koʻlami bilan koʻrsatib beradigan yaxlit majmuaga aylandi.

Elimizning bu jasorati, mehr-muruvvat va insonparvarlik fazilatlari hali hamon shon-sharaf maktabi, gʻurur-iftixor manbai boʻlib kelmoqda. Vaqt oʻtgani sayin bu oʻlmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Shon-sharaf muzeyida esa ana shunday shonli tarix oʻz ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan.

Fotomuxbirimiz Hasan Paydoyev xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor boʻlgan ushbu maskanlardan fotoreportaj uyushtirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?