“GAI xodimi haydovchining soqol oʻstirganiga eʼtiroz bildirdi” — holat bo'yicha xizmat tekshiruvi o'tkazilmoqda

11:50 12 Sentyabr 2020 Jamiyat
2613 0

Joriy yilning 12-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “GAI xodimi haydovchining soqol oʻstirganiga eʼtiroz bildirdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. IIV YHXBB shu boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.

"Video lavhadagi holat oʻrganilganda, joriy yilning 5-sentyabr kuni soat 09:30 larda, Navoiy shahar, I.Karimov koʻchasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB inspektori Oʻ.Halimov «Spark» rusumli 85 581 TTD davlat raqam belgili avtomobil haydovchisiga toʻxtash ishorasini bergan.

Oʻzaro muloqot vaqtida YPX inspektori haydovchining soqol oʻstirganlik holatiga eʼtiroz bildirgan. Xodimning ushbu eʼtirozlarini haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali video tasvirga olgan. Video tasvir ijtimoiy tarmoqda tarqalgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilmoqda. Tekshiruv xulosasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi" deyiladi ushbu munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?