Gʻafur Rahimov AIBA prezidentligidan isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi. 

20:56 22 Mart 2019 Dunyo
657 0

Bugun Xalqaro boks federatsiyalari assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti, hamyurtimiz Gʻafur Rahimov bayonot berib, tashkilot prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqqanini maʼlum qildi. Bu haqda Xalqaro boks federatsiyalari assotsiatsiyasining rasmiy saytida xabar beriladi.

Gʻafur Rahimov 25 yillik faoliyati davomida boksda juda koʻp narsalarga erishganini va bundan faxrlanishini aytadi. Ammo soʻnggi yillardagi siyosiy ayblovlar hamda turli bosimlar tufayli oʻzi uchun qiyin boʻlgan shunday qarorga kelganini bildiradi.

“...hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda men, AIBA Ijroiya qoʻmitasiga AIBA Nizomiga muvofiq, tashkilot prezidenti lavozimidan isteʼfoga chiqish niyatida ekanimni maʼlum qildim. Bu prezidentning oʻz vakolatlarini bajarishdan voz kechishi va vaqtincha prezident tomonidan almashtirilishiga imkon beradi. Hafta oxirida men ushbu masalani muhokama qilish hamda vaqtinchalik prezident tayinlash jarayonini boshlash uchun videokonferensiya orqali AIBA Ijroiya qoʻmitasining yigʻilishini chaqirdim”, deyiladi bayonotda.

Tashkilot rasmiy saytida 25 martga qadar bu haqda boshqa hech qanday izoh berilmasligi taʼkidlangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?