Futbol boʻyicha Superliga bahslari 13-iyundan boshlab davom ettiriladi

09:10 02 Iyun 2020 Sport
186 0

Koronavirus sabab toʻxtab qolgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston Superligasining 2020-yilgi mavsumi 13-iyundan davom ettiriladi. Bu haqda Professional futbol ligasi (PFL) rasmiy saytida maʼlum qilindi.

"Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli dunyoning koʻplab mamlakatlari qatori Oʻzbekistonda ham futbol uchrashuvlari va mamlakat ichki chempionati toʻxtatilgan edi.

OʻzPFL yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda milliy chempionat bahslarini davom ettirish boʻyicha oʻz rejalarini ishlab chiqqani va buni Superliga klublari bosh murabbiylari bilan muhokama qilgani haqida oldinroq xabar bergan edik.

Shu tariqa, OʻzPFL OʻFA bilan kelishgan holda Coca Cola Superligasi bahslarini 13-iyundan boshlab davom ettirishga qaror qildi. Taʼkidlash joiz, orada yuzaga kelgan tanaffus sababli, chempionat bahslari iyul oyida ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bahslar shuningdek, dekabr oyigacha davom etadi", deyiladi xabarda..

Shuningdek, OFK ayni damda OCHL bahslari taqvimini ishlab chiqayotgani hamda kuz oyiga FIFA kunlari belgilangani sababli chempionat taqvimida oʻzgarishlar yuzaga kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?