Furqat tumanida "to‘rtligi” ishdan olindi. Tuman esa tugatilishi mumkin

18:59 13 Iyun 2018 Siyosat
1108 0

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Furqat tumanning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qattiq tanqid ostiga oldi. O‘zbekiston Prezidenti tumanni tugatish bo‘yicha taklif kiritish to‘g‘risida mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma berdi.

Bu haqda “Daryo” xabar tarqatdi.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishi vaqtida tumanning to‘rtta rahbari vazifasidan ozod qilingan.

Ma’lumot uchun, Furqat tumaniga Ahadjon Madaminov hokimlik qilayotgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?