Fuqarolar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkin boʻladi

11:02 24 May 2019 Siyosat
329 0

Oʻzlarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlar bilan buzilgan deb hisoblovchi jismoniy va yuridik shaxslar ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkin boʻladi.

Amaldagi qonunga koʻra, hozirda quyidagilar Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega:

Oliy Majlis palatalari;

Prezident;

Vazirlar Mahkamasi;

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida toʻrtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;

Senat aʼzolari umumiy sonining kamida toʻrtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;

Bosh prokuror.

Konstitutsiyaviy sudning kamida uch nafar sudyasi tashabbusi bilan ham Konstitutsiyaviy sudda koʻrib chiqish uchun masala kiritilishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?