FXX rahbari: terrorchilar Rossiyada chet ellik talabalarni oʻz saflariga yollashga urinishmoqda

19:11 13 Avgust 2019 Dunyo
76 0

Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FXX) rahbari Aleksandr Bortnikov xalqaro terrorchilar Rossiya oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xorijlik talabalarni oʻz saflariga yollashga urinayotganliklari haqida aytib oʻtdi.

“Xalqaro terrorchilik tashkilotlari vakillari Rossiyada boʻlgan muhojirlar va Rossiya oliy taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan chet ellik talabalarni terrorchilik faoliyatiga jalb qilish va yollashga urinishda davom etmoqda”, - dedi u Milliy aksilterror qoʻmita majlisida.

A.Bortnikov migrantlar oʻrtasida radikal kayfiyatlar tarqalishining oldini olish maqsadida qoʻshimcha choralar koʻrish, ushbu muammoni hal qilishda hokimiyatning federal ijro etish organlari rahbarlari eʼtiborini oshirish va uni hal qilishni shaxsiy nazoratga olish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, “Alfa” aksilterror maxsus kuchlari sobiq qoʻmondoni Yuriy Pogiba terrorchilar juda yosharib ketganini maʼlum qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?