Farg‘onada deputat va uning tanishi pora bilan qo‘lga tushdi

14:37 12 Iyul 2018 Jamiyat
601 0
Illyustrativ foto

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani xalq deputatlari kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedagogika instituti uslubchisi Muhayyo Qodirova, tanishi Mashhura Abdurahimova bilan o‘zaro til biriktirib o‘qishga kiritish mavsumidan mo‘maygina pul ishlamoqchi bo‘lishadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” yangiliklarida xabar berildi.

Bu ikki olg‘ir fuqaro Beshariq tumanidan bo‘lgan tanishlarining jiyanini Qo‘qon davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga pul talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. Bu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?