Fargʻonada 30 qavatli uy qad rostlaydi

17:38 28 Oktyabr 2020 Iqtisodiyot
218 0

Shu kunlarda Fargʻonada shahrida 2 ta 16 qavatli uylar qurib bitkazilmoqda.

Samarqanddagi «Yuniver pro stayl» MCHJ mutaxassislari loyihasi asosida yaqin istiqbolda shaharning Mustaqillik mavzesida 21 ta koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan. Shu hududda 30 qavatli uy va 500 oʻringa moʻljallangan 5 qavatli avtoturargoh ham barpo etiladi.

“Qilich bunyod” MCHJ ish yurituvchisi Ahrorbek Abdurahmonovning qayd etishicha, ushbu uylarni bunyod etishda dunyoning eng ilgʻor qurilish texnologiyalaridan foydalaniladi. Zilzilabardoshligi va yongʻin xavfsizligi kabi jihatlarga jiddiy eʼtibor qaratilib, landshaft arxitekturasi asosida hordiq maskanlari tashkil etish koʻzda tutilgan.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?