Facebook Afrika boʻylab suv osti kabelini yotqizishda davom etadi

00:42 22 May 2020 Dunyo
129 0

Facebook haqiqatan ham global ijtimoiy tarmoqqa aylanmoqda.

Xabarlarga qaraganda, telekommunikatsiya kompaniyalari ishtirokida ulkan bir loyiha boshlangan boʻlib, unga koʻra, kengaytirilgan himoya bilan Afrikada suv ostidan oʻtgan dunyodagi eng uzun Internet kabellaridan biri quriladi.

Qayd etilishicha, Facebook oʻlchamlari ekvator uzunligi (40,075 kilometr)dan biroz kamroq 37 ming kilometrliklik suvosti kabelini qurish uchunMTN Group, Telecom Egypt, Vodafone va Orange SA kabi Afrikaning yetakchi Internet-provayderlari bilan birlashadi. Loyiha 4 yil davom etadi, 2024-yilga kelib kabel Afrikaning 16 mamlakatiga Internetga yuqori tezlikda ulanishni taʼminlaydi. Qitʼadagi barcha mavjud kabellarning oʻtkazish qobiliyati 3 baravar oshadi.

Yoʻnalish Atlantika va Hind okeanlari, Oʻrta Yer hamda Qizil dengizlarning pastki qismidan oʻtadi. Kema langarlardan kelib chiqadigan tashqi zararni kamaytirish uchun odatdagidan ham chuqurroq joylashtiriladi. Suv osti kabellari - qitʼalararo maʼlumotlar uzatishning asosiy usuli boʻlib, kutilgandan ham koʻproq maʼlumotlarga ishlov beradi va boshqa usullarga qaraganda arzonroq narxda yuqori tezlikda uzatishni taʼminlaydi.

Kompaniyaning Facebookʻdagi blogida aytilishicha, yangi yoʻnalish butun Afrika boʻylab Internet tarmogʻining kengligi va ishonchliligini taʼminlaydi va 4G, 5G hamda keng polosali tarmoqning yana-da oʻsishini qoʻllab-quvvatlaydi. Maʼlumotlarga koʻra, hozirgi kunda issiq qitʼaning aholisi 1,3 milliard kishini tashkil qilib, shulardan 10 tadan atigi 4 kishigina global tarmoqqa ulana oladi.

Ammo hamon “2Africa” loyihasining narxi oshkor qilinmadi. Bloomberg esa xarajatlarni taxminan 1 milliard dollarga baholamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?