Ertaga charter reys orqali Novosibirskdan 271 nafar oʻzbekistonlik olib kelinadi

18:27 22 May 2020 Jamiyat
85 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi ertaga, 23-may kuni tashkil etiladigan charter reys haqida xabar berdi.

Unga koʻra ertaga soat 13.00 da Toshkent — Novosibirsk — Toshkent reys tashkil etiladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Novosibirsk shahridan charter reys orqali 271 nafar fuqaroning uchib kelishi rejalashtirilmoqda.

Roʻyxatdagi fuqarolardan “Tolmachevo” xalqaro aeroportiga 23-may kuni soat 12:00 ga yetib borishi soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?