Ertadan “Toshkent-Chimboy” yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

17:15 14 Avgust 2019 Jamiyat
111 0

Bugun mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahri va viloyat markazlari hamda yirik shaharlar oʻrtasida muntazam avtobus qatnovlari tashkil etilib, yoʻlovchilar oʻz vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qoʻyilmoqda. Shu bilan bir qatorda respublikamizning chekka hududlarini bevosita Toshkent shahri bilan bogʻlovchi yoʻnalishlarda ham avtobus qatnovlarini yoʻlga qoʻyish borasida ishlar olib borilmoqda.

15-avgust kunidan eʼtiboran “Uzautotrans service” MCHJ tomonidan “Toshkent-Chimboy” yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Avtobuslar Nukus shahri orqali harakatlanadi. Toshkent avtovokzalidan avtobus soat 08:00 da joʻnab ketadi. Chimboydan esa 08:20 da Toshkent tomon yoʻlga chiqiladi. Mazkur yoʻnalish masofasi 1216,3 km.ni tashkil etadi. Chipta narxi esa 124 000 soʻm etib belgilangan. Nukus shahrigacha esa 118 000 soʻmni tashkil etadi. Chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan sotib olish mumkin. Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun telefon: (71) 207-87-00.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?