Eronlik olimlar koronavirusga qarshi dori yaratildi. U sogʻayish muddatini tezlashtiradi

15:03 18 Mart 2020 Dunyo
1493 0

Illyustrativ surat

Eronlik olimlar koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniyani davolash uchun kombinatsiyalangan dorini topishdi.

Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha milliy shtab ilmiy kengashining rahbari Mustafo Gʻaniy shu mavzu doirasida tashkil etilgan brifingda maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, Eron tadqiqotchilari yangi koronavirus keltirib chiqargan oʻpkaning oʻtkir va surunkali kasalliklarini davolay oladigan dorilarning kombinatsiyasini topishgan.

“Preparat uch dorining kombinatsiyasidan iborat boʻlib, koronavirus infeksiyasi boʻlgan bemorlarda kasalxonaga yotqizilish muddatini toʻrt kungacha qisqartiradi“, deya qoʻshimcha qilgan u.

Qayd etilishicha, ushbu preparatni qabul qilgan bemorlarning 40 foiziga kasalxonaga yotqizilganidan keyin toʻrt kun ichida uyiga ketishlariga ruxsat berilgan.

  • Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Eronda koronavirus bilan kasallanganlar soni 16 169 kishiga yetgan. Infeksiyani yuqtirib olgan 988 kishi hayotdan koʻz yumgan. Infeksiyani yuqtirib olganlardan 4996 nafari tuzalgan.
  • Jahon boʻyicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 198 ming kishidan oshib ketdi. Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, bemorlarning 81 950 nafari sogʻaygan. Ushbu infeksiya tufayli 7948 kishi hayotdan koʻz yumgan.
  • Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatimizda mazkur infeksiyani 13 kishi yuqtirib olgan. Ularning ahvoli qoniqarli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?