Yerga har yili qancha meteorit tushishi maʼlum boʻldi

23:14 07 May 2020 Lifestyle
289 0

фото: рамблер

Meteoritlarning aksariyati Yer yuzasiga mayda zarralar - meteorit changi shaklida tushishadi. Ularning miqdori esa har yili taxminan 40,000 tonna boʻlib, orasida ogʻirligi 50 g dan ortiq meteoritlar taxminan 16.000 tonnani tashkil etadi.

Ushbu xulosaga Kembrij universiteti, Londondagi Imperial kolleji va Britaniyaning Antarktika xizmati olimlarining qoʻshma izlanishlaridan soʻng kelindi.

Tadqiqot natijalari “Geologiya” nashri tomonidan eʼlon qilindi.

Olimlar tomonidan qayd etilishicha, ushbu meteoridlarning tushish joyi koʻproq ekvator hisoblanar ekan.

Tadqiqotda ishtirok etgan ekspertlar, shuningdek, meteoritlarni topish Antarktidada osonroq boʻlganligini, bunga esa “oq-qora” kontrasti mavjudligi sabab ekanganligini maʼlum qilishdi. Qayd etilishicha, qor va muzga tushgan kosmik toshlarning mavjudligi ochiq yuzadan koʻra qidirishni ancha osonlashtiradi.

Antarktida meteoritlarni qidirishda mutaxassislar meteorit materiallarining kontsentratsiyasiga hissa qoʻshadigan muz qatlamlari harakatining xususiyatlaridan foydalanishdi.

Hammasi boʻlib, Antarktidada ikki yillik maqsadli tadqiqotlar natijasida 120 ga yaqin meteorit namunalari topildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?