Er aholisining oʻntadan toʻqqiztasi havosi oʻta ifloslangan hududlarda yashaydi

20:56 08 Mart 2020 Lifestyle
206 0

Foto: www.google.com

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Er aholisining oʻntadan toʻqqiztasi havosi oʻta ifloslangan hududlarda yashayotganini isbotlovchi tadqiqot natijalarini eʼlon qildi.

“Havoning ifloslanishi iqtisodiyotdagi vaziyat va odamlarning yashash sifatiga tahdid qiluvchi kuch bilan oʻsishda davom etmoqda. Bu sogʻliqni saqlash uchun favqulodda holatdir”, — deyiladi JSST hisobotida.

BMTning maʼlumotiga koʻra, 2012-yilda 7 million odam havoning ifloslanishi oqibatida vujudga keladigan turli kasalliklardan vafot etgan boʻlsa, 2018-yili esa 4 milliondan ortiq odam bevaqt hayotdan koʻz yumgan. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, ifloslangan havo odatda, nafas, yurak-qon tomir, immun tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shuningdek, yildan yilga qish boshlanishi bilan Markaziy Osiyo davlatlarida havodagi zararli moddalar miqdori ortib borayotgani ham shu kabi kasalliklarning avj olishiga zamin yaratmoqda.

Shuningdek, atrof-muhitning ifloslanishi urushdagidan 15 barobar koʻp odamning umriga zomin boʻlar ekan.

Bundan tashqari, olimlar ekologik muammolardan eng koʻp aziyat chekuvchilar aholining qashshoq qatlamlari ekanini ham aniqlashdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?