Eng koʻp haq toʻlanadigan aktyor kim?

09:15 25 Avgust 2019 Dunyo
152 0

“Qoya” laqabi bilan tanilgan Dueyn Jonson, Forbes talqiniga koʻra, eng koʻp haq toʻlanadigan aktyorlar roʻyxatida yana birinchilikka chiqib oldi, deb xabar berdi “Bi-bi-si”.

U oʻtgan yilda $89,4 million ishlab topgan.

2017-yilda Jonson oʻz oʻrnini aktyor Jorj Kluniga boʻshatib berishga majbur boʻlgan edi.

Oʻshanda, “Qoya”ning daromadi $119 millionga teng boʻlgan, ammo tekila ishlab chiqaruvchi kompaniyasini sotgan Jorj Kluni milliard dollarga yaqin mablagʻ ishlagan edi.

Aktyorlar daromadini hisoblashda nafaqat ularning har bir film uchun gonorari, balki reklama kabi qoʻshimcha manbalardan topgan pullari ham hisobga olinadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?