Elmurat Tasmuradov Tokio Olimpiadasiga litsenziya qoʻlga kiritdi

20:05 17 Sentyabr 2019 Sport
121 0

Nur-Sultan shahrida start olgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatining toʻrtinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Yunon-rum kurashida terma jamoamizning tajribali vakili Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurat Tasmuradov (-60 kg) uchinchi oʻrin va Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun kurashda moldovalik Viktor Siobanuga qarshi gilamga chiqdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Keskin va murosasiz kechgan bellashuv yurtdoshimizning gʻalabasi bilan yakunlanib, hamyurtimiz kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va eng asosiysi Tokio Olimpiadasining yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, bu delegatsiyamiz uchun Tokio Olimpiadasiga qoʻlga kiritilgan oltinchi yoʻllanmadir. Taʼkidlash joiz, bu Tasmuradov uchun uchinchi Olimpiada yoʻllanmasidir. Vakilimiz bundan avval London va Rio Olimpiadalarida ham ishtirok etgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?