Ekstremistik tashkilot nomlari roʻyxati maʼlum qilindi

17:28 08 May 2019 Jamiyat
1004 0

Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga koʻra ekstremistik va terroristik deb topilgan sahifalar, kanallar va nomlar roʻyxatini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 30 iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi. Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga beriladi. Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa, oʻsha tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 30 iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur moddaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga koʻra, internet jahon axborot tarmogʻining “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “Facebook”, “Youtube” va “Telegram” axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi nomlardagi profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik deb topildi.

Profil, kanal va sahifalarning nomi

1. “Abu Saloh darsliklari”

2. “Jannat oshiqlari”

3. “Shom ovozi”

4. “Tavhid va jihod”

5. “Islam Abu Khalil”

6. “Polvon Novqatlik”

7. “Soxib Maxmudov”

8. “Farruxbek Abdullayev”

9. “Mamaraximov Abduraxim Mirkomilovich”

10. “Muxojir Polvon”

11. “Abu Aisha”

12. “Turkiston”

13. “Xurriyat info”

14. “Najot”

15. “al-Vaʼy”

16. “Roya”

17. “Usulul fiqh”

18. “Mustalahul hadis”

19. “Darslardan qisqa lavhalar”

20. “Fiqh ahkomlari”

21. “Tavhid darsi”

22. “Qiyomatdan avvalgi fitnalar”

23. “Savol va javoblar”

24. “Foida Mp3”

25. “Foida va qoidalar”

26. “Tafsir darslari”

27. “Talbisu iblis darslari”

28. “Islomni buzuvchi amallar darslari”

29. “Nomoz va benomozga taluqli masalalar”

30. “Ayollar darslari silsilasi”

31. “Aqiyda darslari”

32. “Silsilaviy darslar va maʼruzalar”

33. “Muhim darslar”

34. “Aqiydatul vositiya”

35. “Mustalahul hadis”

36. “Alfatx”

37. “Talabalar uchun darslar”

38. “ALʼ-FATH TV”

39. “DAʼVAT UZ”

40. “HIDOYAT TV”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?