Ekspert: Koronavirus issiq haroratda yo'qoladi degan qarashlar bu — fantaziya

12:19 16 Mart 2020 Dunyo
5340 0

Arxiv surat

Havo haroratining koʻtarilishi koronavirus tarqalishini toʻxtatishi mumkin degan taxminlarni oʻrinsiz.

Xuddi shunday fikrni Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash instituti jamoat salomatligini tahlil qilish va prognozlash laboratoriyasi boshligʻi, tibbiyot fanlari doktori Boris Revich ilgari soʻrmoqda.

“Yuqori haroratda u (koronavirus — tahr.) chiqib ketadi, degan taxminlar bor. Ammo mening fikrimcha, bu fantaziya. Virus Uxandan kelib chiqdi. Oʻsha paytda — yanvar-dekabr oylarida u yerda oʻrtacha kunlik harorat 10 daraja iliq edi. Shunday ekan koronavirus issiq haroratdan qoʻrqadi deya hisoblash notoʻgʻri”, deydi Revich.

Mutaxassis taʼkidlashicha, odam infeksiyadan xalos boʻlish uchun issiq haroratga tayanmaslik kerak.

“Tushunishimcha, munozaralar davom etar ekan, virus kimga tegishli va uning tashuvchisi kim, va bu hali toʻliq aniqlanmagan”, deydi mutaxassis.

Maʼlumki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirusi tarqalishini pandemiya deya eʼlon qildi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, ushbu virus dunyoning 140 dan ortiq mamlakatida qayd etilgan. Uni yuqtirib olganlar soni 167 ming nafardan oshgan. 76 452 kishi tuzalib ketgan. Infeksiya tufayli 6503 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Oʻzbekistonda olti kishida ushbu virus aniqlangan. Ularning beshta bir oila vakillari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?