Eksperimental notarial idoralar tashkil etiladi

15:10 10 Sentyabr 2019 Jamiyat
113 0

Farmonga koʻra, 2020-yil 1-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.

Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:

mol-mulkni tasarruf etish bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlarni tasdiqlash, ijro xatlarini yozish, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga toʻgʻri tarjima qilinganligini shahodatlash elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi;

arizalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda hamda videokonferensaloqa orqali rasmiylashtiriladi.

Masofadan turib xizmat koʻrsatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kuryer xizmati orqali yetkazib berish imkoniyati yaratiladi.

2024-yil 1-yanvarga qadar notarial arxivda saqlanayotgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli koʻrinishga oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?