YEXHT Bosh kotibi soʻz erkinligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekistonda koʻrilayotgan choralarni yuqori baholadi

16:45 26 Sentyabr 2019 Siyosat
517 0

2019-yilning 24-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Nyu-York shahrida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirishga sodiqlik tasdiqlandi.

YEXHT Bosh kotibi soʻz erkinligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekistonda koʻrilayotgan choralarni yuqori baholadi.

Tomas Greminger dekabr oyidagi boʻlajak parlament saylovini xalqaro demokratik standartlarga toʻliq mos ravishda shaffoflikni taʼminlagan holda va adolatli oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston rahbariyatining saʼy-harakatlarini olqishladi. YEXHT Bosh kotibi Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byuro mamlakatga xalqaro kuzatuvchilar sifatida birinchi marta toʻlaqonli delegatsiyani joʻnatishga tayyor ekanligini xabar qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va YEXHT oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlash bilan bogʻliq boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?