YECHL, Yevropa ligasi va Angliya premyer ligasi oʻyinlari koronavirus tufayli vaqtincha toʻxtatildi

16:46 13 Mart 2020 Sport
171 0

UYEFA Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining kelgusi hafta boʻlib oʻtadigan oʻyinlari toʻxtatildi, deb xabar berdi ushbu tashkilot rasmiy sayti.

Gap YECHLning 17 va 18-mart kunlari boʻlib oʻtadigan 1/8 finali bahslari, Yevropa ligasining 19-martga belgilangan oʻyinlari hamda UYEFA oʻsmirlar ligasi haqida ketyapti. Oʻz-oʻzida yevrokuboklarning 1/4 finali matchlari uchun qurʼa marosimi ham kechiktiriladi.

Yana bir maʼlumot. Bugun Angliya Premyer ligasi, Chempionship, Birinchi va Ikkinchi ligasi oʻyinlari ham koronavirus tarqalishi munosabati bilan vaqtincha toʻxtatilgan. Musobaqalar 4-apreldan qayta boshlanishi kutilyapti.

Bundan oldin infeksiya yoyilishi sabab futbol boʻyicha Italiya, Ispaniya, Fransiya chempionatlari va boshqa sport musobaqalari ham vaqtincha bekor qilingandi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?