“E-IJRO AUKSION”da 2028 ta boʻsh yer uchastkasi sotuvga qoʻyildi

18:04 12 Oktyabr 2018 Jamiyat
1026 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentyabrdagi “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarni jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 3939-sonli qaroriga asosan boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalari investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarini belgilagan holda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolariga sotilishi belgilandi.

Qarorga asosan tadbirkor va investorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida boʻsh turgan davlat mulk obyektlari, yer uchastkalarini elektron auksioni oʻtkazishning umumiy muddati, istisno tariqasida, “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida amalga oshiriladigan barcha tartib-taomillar bilan birga 10 kundan oshmasligi belgilab oʻtildi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 2259 ta boʻsh yer uchastkalari, 548 mlrd. 79 mln. soʻmlik investitsiya kiritish, 7626 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 4 mlrd. 486 mln. 800 ming soʻmlik obyektlar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 231 ta boʻsh yer uchastkalari 162 mlrd. 940 mln. soʻm investitsiya kiritish, 2140 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd. 816 mln. soʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION“ elektron onlayn-auksion savdolarida 2028 ta boʻsh yer uchastkalari 1 mlrd. 670 mln. 800 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

Aziz ishbilarmon va tadbirkorlar, Sizning yangi biznes loyihalaringiz va tashabbuskorligingiz amalga oshirish uchun fursatni boy bermang !


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?