Dzyudo boʻyicha Toshkent Gran-prisi “Humo arena”da boʻladi

15:53 06 Sentyabr 2019 Sport
244 0

20-22-sentyabr kunlari Toshkent dzyudo boʻyicha navbatdagi Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Tokio olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqani oʻtkazish uchun bu yil juda katta tayyorgarlik koʻrilmoqda. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bir necha oy muqaddam Xalqaro dzyudo federatsiyasi mutasaddilari poytaxtimizdagi “Humo arena” koʻp tarmoqli muz saroyini koʻzdan kechirib oʻtishgani haqida maʼlum qilgan edik. Endilikda bu yilgi Toshkent Gran-prisi rasman “Humo arena”da boʻlib oʻtishi tasdiqlandi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu Gran-pri musobaqadasida gʻalaba qozongan sportchilar Tokio olimpiadasi uchun 700 reyting ochkosiga ega boʻlishadi. Toshkent Gran-prisi esa kattalar uchun Tokio mezbonlik qilgan jahon chempionatidan keyingi yirik musobaqadir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?