Dunyoning ikki chekkasida “koronavirus” shaklida doʻl yogʻdi(foto)

13:08 20 May 2020 Dunyo
381 0

Antiqa koʻrinishdagi doʻl dunyoning qarama-qarshi qismida joylashgan davlatlarda yogʻdi. Uning shakli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi, deb yozdi Sputnik.

Meksikaning shimolidagi Nuyevo Leon shtati aholisi ijtimoiy tarmoqlarda muz boʻlaklarining suratlarini joylashtirishdi.

Suratda doʻlda COVID-19ga oʻxshash “tikanlar“ borligini koʻrish mumkin.

Shunga oʻxshash suratlar bilan Xitoyning Sindao shahrida yashovchi Arlene Lee ham oʻrtoqlashdi.

“Kechasi Sindaoda mana shunday doʻl yogʻdi!”, — deb yozdi ayol.

Jahon meteorologiya tashkilotining meteorologi va maslahatchisi Joze Migel Vinas bu koʻrinishdagi doʻl gʻayrioddiy hodisa emasligini taʼkidladi.

“ Boʻron paytida doʻl mayda sharsimon shaklda boshlanadi va ustida muz qatlami toʻplanadi. Kuchli boʻronlar paytida, doʻl yetarlicha kattalashib, parchalanadi, koʻplari majaqlanib, bir-birlariga qoʻshiladi va shunday muz tikanlarini hosil qiladi“ — deya tushuntirdi meteorolog.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?